
Xalq ta’limi vazirligining axborot tizimlari va axborot resurslari targ'iboti bo'yicha seminar-treninglar davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 9 iyundagi 04-558-sonli va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 17 iyundagi №01-01/3-1829-sonli xatlaridagi topshiriqlarni bajarish maqsadida 2022 yil 7-sentabr kuni Amudaryo tumanida 29-39-sonli umumta’lim maktablarida fan o‘qituvchilari va o'quvchilariga “Xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va joriy etilgan raqamli platformalardan samarali foydalanish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Yangi o‘quv yili boshlanishidan oldindan tuzilgan va xalq ta’limi bo‘limi mudiri tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan shunday ko‘rinishdagi seminar-treninglar tumandagi barcha umumta’lim maktablarda tashkil qilinadi. Seminar-trening savol javoblarga va baxs munozaralarga boy tarzda o‘tdi. O‘quv seminari so‘ngida axborot tizimlari va resurslarning mazmun-mohiyatini umumta’lim maktablirining xar bir o‘quvchisigi yetkazish bo'yicha tavsiya va topshiriqlar berildi. Shuningdek seminar so'ngida internetdan samarali foydalanish bo'yicha ham amaliy tarzda to'xtalib o'tildi, bunda asosan ishonchli internet manbalaridan foydalanish va ularni farqlay olish tushuntirib o'tildi.