“Yoshlar kuni”

2-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi stadionida “Yoshlar kuni” munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida yakuniy gala konsert dasturi bo'lib o'tdi.
Konsert dasturini ochib berish hamda yoshlarni tabriklash uchun tuman hokimi Sultonboy Yo'ldashev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri Sag'indiq Turmanov, sektorlar rahbarlari taklif etildi. Dastlab, tuman hokimi S.Yo‘ldashev yoshlarga o‘z tabrigini o‘qib eshittirdi. So‘ngra, badiiy maydonga "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi tanlovlarning Respublika bosqichida faol ishtirok etib 1-,2-,3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yoshlar, Ingliz tilini bilish darajasi, bo'yicha Xalqaro sertifikatlar sohibi bo'lgan yoshlar, shuningdek turli tanlov hamda musobaqalarda yuqori o'rinlarni olgan faol yoshlar taqdirlandi.